«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)
FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING RIVOJLANISH SIKLLARI VA FENOLOGIK XUSUSIYATLARI
Shermatov, Malikjon
Annotaciya
<p><em>Maqolada Farg‘ona vodiysi agroekotizimlari tangachaqanotli hasharotlarning rivojlanish sikllari va fenologik xususiyatlari ochib berilgan.</em> <em>Olib borilgan tadqiqotlar va tahlillar natijasiga ko‘ra, tangachaqanotli hasharotlarning 66 ta turi polivoltin, 54 ta turi bivoltin, 38 ta turi monovoltin hayot sikliga ega. Tangachaqanotli hasharotlarning imagolik bosqichidagi uchish davrlariga ko‘ra bahorgi-yozgi-kuzgi fenologik guruhga kiruvchi turlar soni (83 ta) nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, 6 ta tur bahorgi, 13 ta yozgi, 40 ta bahorgi-yozgi, 1 ta kuzgi, 15 ta tur yozgi-kuzgi fenologik guruhga mansub. Qishlash xususiyatlariga ko‘ra, 78 ta tur qurtlik bosqichida, 44 ta tur g‘umbak, 18 ta tur tuxum, 2 ta tur kapalak, 5 ta tur qurt hamda g‘umbaklik bosqichlarida, 3 ta tur g‘umbak hamda kapalak bosqichlarida, 1 ta tur esa tuxum, g‘umbak va kapalak boqichlarida qishlaydi.</em></p>
Tangachaqanotli hasharotlarFarg‘ona vodiysiagroekotizimrivojlanish siklimonovoltinbivoltinpolivoltinfenologik guruh.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.