«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
KONVERGENSIYA VA UNING SINTAKTIK-STILISTIK FUNKSIYASI
Abdupattoyev, Muhammadtohir, Shodmonov, Xolmatjon
Аннотатсия
<p><em>Maqolada tilshunoslikda konvergensiya nazariyasining yuzaga kelishi, badiiy yoki poetik nutq sintaktik-stilistik vositalarning sintaktik-stilistik figuralar bilan konvergensiya hosil qilishi va bunda nutq tarkibidagi stilistik o‘zgarishlar hamda nutqning badiiy estetik funksiyasiga ta’siri masalalari, Glottogonik konvergensiyaning bir nechta tillarda (qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan) oraliq tarkibiy xususiyatlarning (masalan, kelishiklarning) shakllanishi, struktur-diaxronik konvergensiya tarixiy jarayon bo‘lib, ba’zi variatsion farqlarning yo‘qolishi natijasida til tizimidagi xilma-xillikning pasayishini anglatishi, tilshunoslikda konvergensiyaga asos bo‘luvchi substrat, superstrat va adstrat deb ataladigan chiziq (motiv)lar mavjudligi, konvergensiya atamasi ostida turli darajadagi sintaktik-stilistik vositalarning yagona stilistik maqsadning yuzaga chiqishi uchun ishlatilishi natijasida yuzaga kelgan murakkab stilistik usulni tushunish lozimligi, sintaktik-stilistik vositalarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi natijasida ular o‘rtasida konvergensiyaning xilma-xil ko‘rinishlari yuzaga kelishi, o‘zbek poetik nutqida faol qo‘llanuvchi, eng muhim sintaktik-stilistik figura hisoblangan polisindetonda ham xuddi shunday xususiyat mavjudligi, Kuzatilgan til faktlarining tasdiqlashicha, polisindetonning poetik nutqda ko‘proq struktural parallelizm, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq usullari bilan birga qo‘llanishi natijasida konvergensiyaning turli ko‘rinishlari hosil bo‘lgishi natijasida poetik yoki badiiy nutqda badiiy-estetik funksiya va ta’siriylik va tasviriylik yuqori darajada ifoda etilishi haqidagi tadqiqot natijalari bayon etilgan.</em></p>
sintaktik-stilistik figurakonvergensiyapolisindetonparadigmatikasintagmatikasintaktik figuratakroruslubiy vositastruktural parallelizmalternativ so‘roq
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.