«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 3-нөмір (2024)
YERQALAMPIR O‘SIMLIGINING MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI O‘RGANISH
Abduhamidova, Ozoda, Nazarov, Otabek
Аңдатпа
<p><em>Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida o‘sadigan yerqalampirning barglari va gullari tarkibidagi makro va mikroelementlarning sifat va miqdoriy tarkibini induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriya usuli bilan tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra yerqalampirning barglari va gullari tarkibida 61 ta elementning miqdori aniqlangan. Yerqalampirning barglarida aniqlangan makro va mikroelementlarning miqdori gullariga nisbatan 2,5 marta ko‘proq ekanligi aniqlandi. Kalsiy, kaliy, magniy, natriy va fosfor kabi makroelementlarning miqdori aniqlanib, kaltsiy va kaliy barglarida makroelementlarning 87% hamda gullarida 80% ni tashkil etishi aniqlandi. Aniqlangan mikroelementlardan temir, strontsiy, alyuminiy, marganets, bor, rux, bariy, mis, titan, rubidiy, litiy, molibden, nikel, kobalt va xrom elementlarining miqdori nisbatan ko‘proq ekanligi namoyon bo‘lib, temir barglarida mikroelementlarning 70% va gullarida 50% ni tashkil etishi aniqlandi.Olib borilgan tahlillarga ko‘ra yerqalampirning bargini kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor va temir elementlariga boy ekanligi ko‘rsatib o‘tildi hamda turli biologik faol qo‘shimchlar tayyorlash uchun tavsiya etildi.</em></p>
yerqalampirbargiguliinduktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriyakalsiykaliymagniytemirmishyak.horseradish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.