«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)
BAMIYA BARGLARIDAGI PLASTID PIGMENTLAR MIQDORIGA BIOCHAR VA MINЕRAL O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Jabborova, Dilfuza
Annotaciya
<p>Maqolada bamiya o‘simligi barglaridagi plastid pigmentlar miqdoriga biochar va mineral o‘g‘itlarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida Net house sharoitida olib borildi. Tadqiqotlarni olib borishda oltita variant tanlab olingan: 1- variant o‘g‘itsiz, nazorat varianti bo‘lib, qolgan variantlarni taqqoslash uchun olingan; 2- variant biochar; 3- variant gektariga N<sub>80</sub>P<sub>50</sub>K<sub>50</sub> kg mineral o‘g‘it; 4- variant gektariga N<sub>120</sub>P<sub>75</sub>K<sub>75</sub> kg mineral o‘g‘it; 5- variant mineral o‘g‘it va biochar (N<sub>80</sub>P<sub>50</sub>K<sub>50 </sub>kg+biochar) va 6- variant mineral o‘g‘it va biochar (N<sub>120</sub>P<sub>75</sub>K<sub>75</sub> kg +biochar) qo‘llanilgan. Tajribalar 8,0 kg. tuproq solingan tuvaklarda olib borildi. Bamiya o‘simligi tuvakda 60 kun davomida o‘stirildi. O’simlik bargidagi xlorofill a, xlorofill b, umumiy xlofilllar va karotinoidlar miqdori Hiscox va Israelstam, metodi orqali aniqlangan. Olingan natijalarning tahliliga koʼra, alohida biochar qoʼllanilgan variant nazoratga nisbatan bamiya bargidagi xlorofill a miqdorini 16% ga, xlorofill b miqdorini 14% ga, umumiy xlorofill miqdorini 16% ga va karotinoidlar miqdorini 15% ga oshirganligi aniqlangan. Ayniqsa, biochar va mineral o’g’itlar (N<sub>120</sub>P<sub>75</sub>K<sub>75</sub> kg) birgalikda qo’llanilganda o’simlikka samarali ta’sir qilganligi aniqlangan. Gektariga N<sub>120</sub>P<sub>75</sub>K<sub>75</sub> kg+ biochar birgalikda qo‘llanilgan variant esa nazoratga nisbatan o’simlik bargidagi xlorofill a miqdorini 49% ga, xlorofill b miqdorini 57% ga, umumiy xlorofill miqdorini 52% ga va karotinoidlar miqdorini 29% ga oshirganligi qayd etilgan.</p>
bamiya; biochar; mineral o‘g‘itlar; xlorofill a; xlorofill b; umumiy xlorofill; karotinoidlar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.