«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI “JINOYAT” SEMANTIK MAYDONI
Ismoilova, Diloromxon
Abstract
<p>Tilshunoslikda olib borilayotgan tadqiqotlarda o‘rganilayotgan obyektga nisbatan tizimli yondashuv tilga yaxlit bir makrosistema sifatida qarash va til birliklarini turli mazmuniy guruhlarga ajratib, bu guruhlardagi lisoniy birliklarning umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qilishga imkon yaratadi. Lingvistik maydon nazariyasi bo‘yicha jahon tilshunosligida qator ishlar amalga oshirilgan. Shunday bo‘lsa-da, maydon ta’rifi, uning tuzilishi va turlari boʻyicha hali o‘z yechimini topmagan masalalar mavjud. Tilshunoslar tomonidan semantik maydon, leksik maydon, lingvistik maydon terminlarining baravar qo‘llanilishi shunday muammolar natijasi hisoblanadi. Ushbu maqolada maydon nazariyasining turli lingvistik xususiyatlari, jumladan, “jinoyat” semantik maydoni tarkibi va undagi komponentlarning o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Bugunga qadar “jinoyat” semantikasining ifodalanishi tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning aksariyati bir til doirasida bajarilgan bo‘lib, chog‘ishtirma aspektdagi ishlar kam sonni tashkil etadi. Mazkur maqolada “jinoyat” semantikasining ifodalanishi maydon metodi asosida qiyosiy-chog‘ishtirma usulda tadqiq etilgan.</p> <p> </p>
Kalit so‘zlar: lingvistik maydonmaydon elementlarimarkaziy va chekka elementlarsemantik munosabatjinoyat semantikasiKey words: semantic fieldfield elementscentral and peripheral elementssemantic relationshipcrime semantics
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.