«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)
ADABIYOTDA BADIIY VA MUSHTARAK TARJIMANING AHAMIYATI
Isakova, Barchinoy
Annotaciya
<p>Badiiy tarjimaning adabiyotdagi ahamiyati, milliy madaniyatlar va milliy adabiyotlarda mushtarak ijtimoiy–siyosiy, adabiy–estetik qonuniyatlarning paydo bo‘lishida ham tarjimaning katta roli va tarjima tarbiyaviy, maʼrifiy ahamiyatga ega. Tarjima tushunchasining ma’nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot, she’r, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar, diplomatiya hujjatlari, rasmiy qog‘ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari; boshqa boshqa tillarda so‘zlashuvchi, "tilmoch"ning xizmatiga muhtoj bo‘lgan kishilarning suhbatlari tarjima qilinadi, bir tildan ikkinchi tilga kinofilmlar o‘giriladi. Badiiy tarjima - badiiy ijod sohasidir. Chunki tarjimaning bo‘lak sohalaridan farqli o‘laroq, badiiy tarjimaning o‘z xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar badiiy adabiyotning tabiatidan kelib chiqadi. Chunonchi, agar fanda asosiy narsa dalil, tahlil, sxema bo‘lsa, badiiy asarda obraz, tasvir va hikoya qilinayotgan voqeaning ta’sirchanligi muhim ahamiyat kasb etadi.</p>
Badiiy tarjimaadabiy-estetik qonuniyatlartarjima adabiyotiorginal adabiyotestetik ta’sirrasmiy stililmiy stil.Artistic translationliterary-aesthetic lawstranslated literature
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.