«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
OQCHANGAL (NITRARIA SP) O‘SIMLIGINING BARGI VA URUG’I MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI ICP-MS USULIDA O‘RGANISH
Ibroximov, Aziz
Аннотатсия
<p>Yozyovon-Qo‘shtepa hududida o‘suvchi oqchangalning barg hamda urug’lari namunalari induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriya usulida tahlil qilindi. O‘rganilgan o‘simlik namunalari tarkibida ja’mi 31 ta elementning sifat va miqdor tarkibi aniqlandi. Aniqlangan elementlardan 5 tasi makroelement, 24 tasi mikroelement va 2 tasi zaharli elementlar hisoblanadi. Oqchangalning o‘rganilgan o‘simlik qismlaridagi kalsiy, kaliy, fosfor, magniy va natriy makroelementlari hamda temir, strontsiy, aluminiy, bariy, mis, titan, rux, marganets, xrom, rubidiy va kumush kabi mikroelementlarning miqdori aniqlandi. Elementlar miqdori o‘simlik qismlaridan barglarida eng ko‘p qiymatlarni aks ettirdi. Barglarida natriy, urug’larida esa kaliy eng ko‘p miqdorda aniqlandi. Urug’laridagi kaliy va natriy makroelementlarning 84,7% ni tashkil etgan. Urug’larida makroelementlardan kaliy (10,07 mg/g), natriy (7,8 mg/g) hamda mikroelementlardan aluminiy (104 mkg/g) ko‘proq miqdorga ega. Zaharli elementlardan mishyak va kadmiy aniqlangan.</p> <p> </p>
Kalit so‘zlar: oqchangalbargurug’induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriyanatriykalsiykaliyfosfortemiraluminiy.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.