«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 1 (2024)
XAVFLI METEOROLOGIK HODISALARNING TAKRORLANUVCHANLIGINI BAHOLASH (Farg‘ona viloyati misolida)
Xolbayev, Gulman, Egamberdiyev, Xamrokul
Аннотация
<p><em>Maqolada Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan hududlaridagi meteorologik kattaliklarning kuzgi bug‘doy vegetatsiya davrida o‘zgarishlarini meteorologik hisoblash va matematik statistik usullari asosida o‘rganildi. Kuzgi bug‘doy vegetatsiya davridagi havo haroratining maksimal va minimal qiymatlari beshkunliklar bo‘yicha hamda turli darajadan o‘tish gradatsiyalari hisoblangan. Qish oylarida (dekabr-fevral) haroratning 0÷+5,0°С oraliqdagi kunlari Qo‘qon stansiyasida 59,4-48,3%, Farg‘ona stansiyasida 61,3÷49,0%, Quva stansiyasida 62,7÷47,7% o‘zgarib turadi. O‘simlikning tinim davrida harorat qiymatlarining keskin o‘zgarishlari xavfli meteorologik hodisa hisoblanib bu esa o‘simlik tinim davrini to‘liq o‘tkazish imkonini bermaydi. Bu o‘z navbatida rivojlanish fazalari davrining o‘zgarishiga, maydondagi tuplar soni kamayishiga olib kelishi mumkin.</em></p>
Hududviloyatmeteorologiya stansiyaharoratbeshkunlikxavfli hodisagradatsiyabaholash.territoryviloyat
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.