«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 1-сан (2024)
KATTAQO‘RG‘ON TUMANINING GEOLOGIK VA OROGRAFIK TUZILISHIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF
Avezov, Muxriddin, Elmurotova, Aziza
Аннотация
<p><em>Ushbu tadqiqot ishida Kattaqo‘rg‘on tumanining orografik va geologik tuzilishini tahlil qilish uning maqsadi qilib belgilandi. Mazkur ilmiy ishni bajarish davomida adabiyotlar va fond materiallari bilan ishlash, kartografik, dala tadqiqot, GIS texnologiyalari kabi bir qancha metodlardan foydalanildi. Tadqiqot ishining adabiyotlar tahlili qismida, Kattaqo‘rg‘on tumani tabiiy sharoitining o‘rganilganlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. So‘ngra, tumanning geografik o‘rni, yer yuzasining geologik hamda orografik tuzilishi tahlil qilindi. Bunda, Kattaqo‘rg‘on tumanining hududining geologik tarixi, tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari, ushbu burmalanishlar natijasida shakllangan hozirgi orografik strukturalar (Oqtov va Zirabuloq tog‘lari va Kattaqo‘rg‘on botig‘i) o‘rganildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, tuman hududida shakllangan geologik svitalar, komplekslar, ularning paydo bo‘lgan eralari (davrlari), svitalar va komplekslar qatlamlarining qalinligi, qanday tog‘ jinslaridan tarkib topganligi hamda bu yotqiziqlar tuman hududining qaysi qismlarida uchrashi tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida, Kattaqo‘rg‘on tumani hududi turli xil tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, ularning orasida qadimgi tog‘ jinslaridan tortib hozirgi davr yotqiziqlarigacha uchratish mumkinligi haqida xulosa qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida Kattaqo‘rg‘on tumani geologik xaritasi ArcGIS 10.8 dasturi orqali tuzildi.</em></p>
geologik tuzilishtog‘ jinsiorografiyasvitatog‘lartog‘ tizmalarigeologik majmualarintruziyalarallyuvial jinslarprolyuvial jinslar.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.