«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 1-сан (2024)
TABIIY LANDSHAFTLARDAN IQTISODIY – IJTIMOIY GEOGRAFIK FOYDALANISHNING BAZI MASALALARI
Moʻminov, Doniyor, Abdinazarova, Xidoyat
Аннотация
<p><em>Tabiiy landshaftlarning geoekologik-xo‘jalik holatning hududiy jihatlarini tahlil qilish asosida, Farg‘ona viloyati qishloq joylar hududining geoekologik-xo‘jalik holatiga tashxis qo‘yish, baholash va takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil va sintez, geografik taqqoslash, tarixiy<strong>-</strong>geografik, iqtisodiy-statistik, matematik, kartografik, tasniflash va rayonlashtirish, reytingli baholash va boshqa tadqiqot usullari qo‘llanildi. Farg‘ona viloyati qishloq joylar misolida geoekologik–xo‘jalik holatni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslari ishlab chiqildi. Oxirgi 100 yillikda geoekologik-xo‘jalik holatni makon va zamonda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi, mavjud geoekologik-xo‘jalik holatni baholash asosida uni takomillashtirishning qishloq aholisi etnoekologik madaniyatini tiklash, qishloq hududlarida ekologik-xo‘jalik muvozanatni saqlash, agrodemografik bosimni kamaytirish, xo‘jalikni an’anaviy va innovatsion tarmoqlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur tadqiqot ishida qishloq joylarning geoekologik-xo‘jalik holati Farg‘ona viloyati misolida tadqiq etildi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi xulosalar va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Respublikamizda qishloq joylarni geografik tadqiq etishning nazariy asoslari yangi yo‘nalish bilan boyitildi. Hozirgacha qishloq joylarni geografik o‘rganishda asosiy e’tibor xo‘jalik va aholini geografik tadqiq etishga qaratilgan, ya’ni, “qishloqning xo‘jaligi”, “qishloqning aholisi” kabi mavzular chuqur o‘rganildi. Geografik tadqiqotlar uchun ahamiyatli bo‘lgan “qishloqning joyi, hududi, ekologiyasi” tadqiqotchilar nazaridan biroz chetda qolgan. Shuning uchun mazkur tadqiqotda qishloqning “joylari”ga, “hududi”ga, undan xo‘jalikda foydalanishning geoekologik jihatlariga e’tibor qaratiladi. Geografiyaning boshqa tadqiqot ob’yektlarida kuzatilgani kabi qishloq joylarni o‘rganishda ham ekologik-geografik yo‘nalishdagi izlanishlarning ahamiyati ortib bormoqda. Mazkur yo‘nalishda qishloq joylarni geografik tadqiq etishda xo‘jalik va aholining tabiatga ko‘rsatadigan ta’sir ko‘lami, miqdori, davomiyligi va hududiy jihatlariga ahamiyat berildi, tadqiq etildi. Qishloq joylar hududining tashqi antropogen ta’sirlarga chidamlilik darajasi va mavjud holatni baholash asosida geoekologik-xo‘jalik holatni takomillashtirishning an’anaviy va zamonaviy usullari ishlab chiqildi. O‘ziga xos etnoekologik madaniyat, tabiiy-agrar imkoniyat, demografik vaziyat va iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan Farg‘ona viloyati misolida qishloq joylardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha landshaftli rejalashtirish dasturi ishlab chiqildi va buning uchun qishloq joylar hududining mavjud geoekologik-xo‘jalik holatini shakllanishiga bilvosita ta’sir etuvchi omillar aniqlandi va o‘rganildi.</em></p>
qishloq joylarqishloq joylarning geoekologik-xo‘jalik holatiqishloq joylarning geoekologik-xo‘jalik jihatdan zo‘riqish darajasietnoekologik madaniyatlandshaft tabiiy tarkibining o‘zgarishiagrodemografik bosimhududning geoekologik-xo‘jalik muvozanatian’anaviy va inovatsion xo‘jalik tarmoqlari.rural areasthe geoecologic-economic condition of the country
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.