«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 3 (2024)
O‘RTA OSIYO TO‘G‘ONLI KO‘LLARINING GEOGRAFIK TARQALISHI VA ULARNING XAVFLILIK DARAJASINI BAHOLASH MASALALARI
Pirnazarov, Ravshan, Axmadjonova, Shohsanam
Аннотация
<p><em>Tog‘li o‘lkalarda to‘g‘onini buzib o‘tish xavfi mavjud bo‘lgan to‘g‘onli ko‘llar ko‘p uchraydi. Ularning kelib chiqishi ko‘p hollarda tabiiy geografik jarayonlar natijasida daryo vodiylarining turli hajmdagi surilma, ko‘chki, ko‘chki-qulama jinslari bilan to‘silib, tabiiy to‘g‘onlarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday to‘g‘onlar paydo bo‘lish sharoitiga ko‘ra qulama-tektonik, muzlik, morena, ko‘chki-qulash hamda qor ko‘chki ko‘llarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. </em></p> <p><em>To‘g‘onli ko‘llarda katta miqdorda suv to‘planib, ular juda xavfli tabiiy ofatlarni, masalan, halokatli sel toshqinlarini keltirib chiqaruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, bugungi kunda to‘g‘onli ko‘llar alohida tadqiqot obyekti sifatida, maxsus ilmiy yondashuv asosida tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi va shu tufayli mutaxassislar e’tiborini o‘ziga tortadi. Bu esa, pirovard natijada, to‘g‘onli ko‘llar xavfini kamaytirish, turli sabablar ta’sirida to‘g‘onining buzilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining oldini olish yoki, hech bo‘lmaganda, ularning zararini kamaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. </em></p> <p><em>Mazkur maqolada O‘rta Osiyoda joylashgan to‘g‘onli ko‘llarning daryo havzalari bo‘yicha geografik tarqalishi, ularda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan toshqin xavfini baholash uslublari hamda ko‘llarning xavflilik toifasini o‘zgarish xususiyatiga ko‘ra guruhlashtirish masalalari yoritib berilgan.</em></p>
tog‘ ko‘llarito‘g‘onli ko‘llarqulama ko‘llarqulama-tektonik ko‘llarmuzlik ko‘llariglyatsiogen ko‘llarmorena-muzlik ko‘llarito‘g‘onini buzib o‘tish xavfi bo‘lgan ko‘llarsel toshqinlariko‘llarning xavflilik darajasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.