«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 2 (2024)
OLMA O‘SIMLIGINING MAKRO VA MIKROELEMENT TARKIBINI ICP-MS USULIDA O‘RGANISH
Xaydarov, Abdukamol, Nazarov, Otabek
Abstract
<p><em>Olma</em> <em>o‘simligining</em> <em>“Semerenko” navining barglari, ildizi, mevasi</em> <em>hamda o‘sadigan</em> <em>tuproqning namunalari </em><em>induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriya usulida tahlil qilindi. O‘rganilgan o‘simlik n</em><em>amunalar tarkibida ja’mi 61 ta elementning sifat va miqdor tarkibi aniqlandi. Aniqlangan elementlardan 5 tasi makroelement, 53 tasi mikroelement va 3 tasi zaharli elementlar hisoblanadi. Olmaning o‘rganilgan o‘simlik qismlaridagi kaltsiy, kaliy, fosfor, magniy va natriy makroelementlari hamda temir, strontsiy, alyuminiy, bariy, mis, titan, rux, margaents, xrom, rubidiy va kumush kabi mikroelementlarning miqdori aniqlandi.</em><em> E</em><em>lementlar miqdori o‘simlik qismlaridan barglarida eng ko‘p va mevasida eng kam miqdorda bo‘ladi. Ildizi va barglarida kaltsiy hamda mevasida kaliy eng ko‘p miqdorda aniqlandi. Mevasida kaliy va kaltsiy makroelementlarning 93,4% ni tashkil etgan. Mevasida makroelementlardan kaliy(1056 mkg/g), kaltsiy(690 mkg/g) hamda mikroelementlardan temir(33 mkg/g) ko‘proq miqdorga ega. Zaharli elementlardan mishyak, kadmiy va qo‘rg‘oshin aniqlangan. Shu bilan bir qatorda olma o‘sadigan tuproq tarkibidagi elemenntlar miqdori aniqlandi. Tuproq tarkibida kaltsiy, alyuminiy, temir, magniy, kaliy, natriy, fosfor va titan yuqori miqdorda aniqlandi.</em></p>
olmabargildizmevatuproqinduktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriyakaltsiykaliyfosfortemir.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.