«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 2 (2024)
TUPROQLARNING SHOʻRLANISHINI BAHOLASH USULLARINI ANIQLASH: TUSHUNCHALAR, INNOVATSIYALAR, VA BARQAROR QISHLOQ XOʻJALIGI VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH UCHUN MASOFADAN TURIB ZONDLASH
Jabbarov, Zafarjon, Kholdorov, Shovkat
Аннотация
<p><em>Tuproqning sho‘rlanishini baholash qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta'minlash va atrof-muhitni samarali boshqarish uchun juda muhimdir. Ushbu maqolada biz tuproq sho‘rlanishini baholashning turli usullarini, shu jumladan dalada sharoitiga asoslangan texnikalarni, laboratoriya tahlil usullarini va masofadan zondlash texnologiyalarini, ularning kuchli tomonlari, cheklovchi omillarini va oqibatlarini hisobga olgan holda baholaymiz. Ushbu usullar orasida masofaviy zondlash iqtisodiy samaradorligi, keng koʻlamliligi va kelajakdagi rivojlanishlar uchun salohiyati tufayli istiqbolli yondashuv sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqlarning shoʻrlanishini aniqlashda masofadan zondlash texnologiyalari, masalan, sun'iy yo‘ldosh tasvirlari va havodan o‘rganishlar alohida afzalliklarni taqdim etadi, bu katta geografik hududlarni monitoring qilish vositalarini ta'minlaydi va tuproq sho‘rlanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va xaritalash imkonini beradi. Bundan tashqari, masofadan zondlash multispektral va giperspektral ma'lumotlarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa baholash natijalarining aniqliligini oshiradi. Masofaviy zondlash ma'lumotlarining mavjudligi va aqlli algoritmlarning rivojlanishi uning turli xil ekologik holatlarda qo‘llanilishiga yordam beradi. Ushbu taqriz tuproq sho‘rlanishini baholashning muhimligini ta'kidlaydi va tuproq sho‘rlanishining qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga va atrof-muhit barqarorligiga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun dalillarga asoslangan boshqaruv strategiyalari haqida ma’lumot berish uchun masofadan zondlash texnologiyalarining imkoniyatlari alohida urgʻu berib ta’kidlanadi.</em></p>
tuproqsho‘rlanishsun'iy yo‘ldosh tasvirimasofadan zondlashdalaga asoslangan texnikalarlaboratoriya tahlillari.soilsalinitysatellite imageremote sensing
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.