«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 2 (2024)
IJTIMOIY - SIYOSIY MODЕRNIZATSIYA JARAYONINING TARIXIY ILDIZLARI
Sagdullayeva, Dilbar
Аннотатсия
<p><em>Yangi O‘zbekistonni - obod va farovon, demokratik mamlakatni, Uchinchi Renessansni barpo etish oldimizda turgan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir. Ushbu vazifaning ro‘yobi ko‘p jihatdan jamiyat hayotini iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy jihatdan tubdan takomillashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Yangilash, takomillashtirish, ya’ni modernizatsiyalash, liberallashtirish, demokratlashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Hayot sohalarini, xususan ijtimoiy, siyosiy modernizatsiyalash inson kapitali orqali jamiyatni taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Falsafa tarixida ham jamiyat hayotini o‘zgartirish mezonlari asosiy masala bo‘lib kelgan. Unga nisbatan shakllangan turli tuman qarashlar, yondoshuvlar taraqqiyot g‘oyasida ifoda etilgan. </em></p> <p><em>Ijtimoiy siyosiy modernizatsiya jarayonining tarixiy ildizlari masalasini tahlil etishda qiyoslash, umumlashtirish, tizimli tahlil, analiz va sintez, induksiya va deduksiya kabi ilmiy usullardan foydalanildi.</em></p> <p><em>Mazkur masalani o‘rganishda falsafiy tafakkur taraqqiyotining turli davrlarida faylasuflar ijodida unga nisbatan qaror topgan nuqtai nazarlar tahlil etildi. Bunda taraqqiyot g‘oyasi modernizatsiya jarayonining poydevori sifatida asoslandi. Modernizatsiya paradigmasiga nisbatan zamonaviy qarashlar ham tahlil etilib, uning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganildi. An’anaviy jamiyatdan zamonaviy jamiyatga o‘tishning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritildi.</em></p> <p><em>Mavzuga oid asarlarni o‘rganish asosida, ijtimoiy taraqqiyot g‘oyasi birinchidan, markazlashgan davlat barpo etishning natijasi, ikkinchidan, inson aql zakovati, ma’rifatning cho‘qqisi, uchinchidan, axloq va huquq uyg‘unligi sifatida talqin etilganligi xulosalandi. </em></p>
yangilanisho‘zgarishrivojlanishtaraqqiyotijtimoiyiqtisodiysiyosiymadaniy hayotmodernizatsiyademokratlashtirish
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.