«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 2-нөмір (2024)
TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN
Kubayev, Kabil
Аңдатпа
<p><em>Mazkur maqolada bugungi o‘zbek nasrini samarali yaratayotgan adiblarimiz ijodida tarixshunoslik, yosh avlod tarbiyasi, inson ma’naviyatiga oid jihatlar talqini haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, murakkabroq jarayon - bu tarixiy shaxsning faoliyati yoki o‘tmishdagi voqelikning aksi bilan bog'liq tafsilotlar. Ularni badiiy asarlarda ham turlicha talqin qilish mumkin. Bu yozuvchining bilim darajasi, dunyoqarashi, badiiy qobiliyati bilan bog‘liq jarayondir. Moziyda biror voqea yoki tarixiy shaxsning hayoti va taqdiriga oid asarlar yaratilishi yozuvchining hayotiy materialga yondashuvi, badiiy-estetik mahorati, ijtimoiy-falsafiy umumlashtirishlari, ifodalash usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday jarayonda yozuvchining badiiy tafakkuri, ijodiy individualligi ochiladi. Eng muhimi, yozuvchi tarixiy voqelikni qanchalik chuqur o‘rgansa, uni o‘z davrining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammolari bilan qanchalik bog‘lay olgan bo‘lsa, tanlagan mavzu ham shunchalik dolzarb bo‘lib boradi. </em><em>Ushbu maqola asosan masalaning shu tomonini o‘rganadi.</em></p>
hikoyatarixiy hikoyainshosyujetpersonajtarixiy shaxsfantastikapersonaj.storyhistorical story
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.