«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 2-son (2024)
KONSEPTUAL TAHLIL USULI VA BIRLIKLARI XUSUSIDA
Ra’no, Raufovna
Annotatsiya
<p><em>Maqolada konseptual tahlil usuli va birliklari xususida so‘z boradi. </em><em>Konsepti ko‘p o‘lchovli tavsifga ega bo‘lib, har bir konteksda kognitiv xususiyatlarining mazmuni turlicha namoyon bo‘ladi. Konsept ichki holati tashuvchisi bo‘lgan subyektning o‘z-o‘zini idrok etishi nuqtayi nazaridan baholanadi. Konseptual tahlilning obyekti konsept sanalib, tahlil markazida turgan tushuncha konseptning semantik ma’nosini bilish yo‘li hisoblanadi. Konseptual tahlil konsepsiyalarni o‘rganishning yetakchi usullaridan biri sifatida baholanadi va maqolada uning konseptual modellashtirish, geshtalt tuzilma va freym-ssenariy modellashtirish kabi tahlil ko‘rinishlari haqida mulohaza yuritiladi. Konsept tahlili asosida ma’lum bir konsepsiyani ko‘rsatadigan nom bilan bog‘liq barcha bilim va g‘oyalar inson lisoniy manzarasida tiklanadi. To‘plangan ma’lumotlarning aksar qismini metaforik baholashlar tashkil etadi. Aytish mumkinki, metafora – bu bevosita kuzatish uchun mavjud bo‘lmagan mavhum tushunchalarni anglash mexanizmi sanaladi. Metafora mexanizmini o‘rganish konseptual tahlil usuli bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u lisoniy metaforani rasshifrovka(nimaligini aytib berish) qilish asosida, dunyoning sodda manzarasidagi mavhum tushuncha bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan “konkret” obrazni ochib beradi va uning birikuvchanligini boshqaradi. </em></p>
konseptkonsept tahlilmetafora mexanizmimodellashtirishgeshtalt tuzilmafreym-ssenariykodlash funksiyasievfemizmnominativ funksiyakognitiv bilim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.