«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 2-san (2024)
MILLIY UYG‘ONISH DAVRI FARG‘ONA VODIYSI SHE’RIYATI VA OZARBAYJON ADABIYOTIDAGI MAZMUNIY MUSHTARAKLIKLAR
Almaz, Ulvi, Barziyev, Oybek
Annotaciya
<p><em>Maqolada milliy uyg‘onish davri Farg‘ona vodiysi she’riyati va ozarbayjon adabiyotidagi o‘zaro mazmuniy mushtarakliklar haqida gap boradi. Ozarbayjon adabiyotining yorqin vakillari:</em> <em>Ahmad Javod, Hasan Qorabog‘iyning ayrim lirik asarlari Farg‘ona vodiysi shoirlari: Xaziniy to‘ra, Nodim Namongoniy, Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy, Anbar otin she’riyatidagi mushtarak jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Har ikki millat she’riyatida yurt ozodligi, uni erkin va farovon ko‘rish, xalqning qalbidagi orzu va istaklar turli parranda (bulbula) va hayvon nomlari (kiyik, ohu, jayron)lardan foydalangan holda ularning she’rlaridagi uslubiy yaqinliklarga urg‘u berilgan. Shu bilan birga milliy uyg‘onish davri ozarbayjon va o‘zbek she’riyatida milliy mustaqillik tushunchalari, inson erki va uning qadr-qimmatini ulug‘lash, o‘z davrining hukmron vakillaridan insof hamda adolat kutish kabi g‘oyalar xususida poetik mushohadalar qilingan. Bu o‘tkinchi dunyoda inson zoti zavol va zarar ko‘rmay yashab o‘tishi haqida ilgari surilgan umumlashma mushtarak fikrlar ikki millat shoirlari ijodida yuksak ahamiyat kasb etganligi o‘ziga xos bayon qilingan. Maqola tahlilga tortilgan davr ozarbayjon va o‘zbek she’riyatida ilgari surilgan ikki </em><em>millat tili, an’anasi, milliy mentalitetini va ayniqsa, xalqning poetik tafakkurida yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar bilan tanishishimizda ahamiyatli sanaladi.</em></p>
ikki millat she’riyatdagi mazmuniy mushtarakliklarxalq istagini ta’riflashozod yurtni qumsashbulbulohukiyik jayron obrazlariadabiy ta’sirlanisherk va ozodlik g‘oyasiMug‘on cho‘lihukmdordan insof va adolat so‘rash motivlari
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.