«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 2-сан (2024)
OLIY TA’LIMGA QABUL JARAYONLARIDA XORIJIY TAJRIBANING QO‘LLANILISHI
Yuldashev, Ulugbek
Аннотация
<p>Maqolada O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilingan. Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul imtihonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli oliy ta’limga qabulda muammolar kuzatildi. 2017-yildan keyingi davrda qabul imtihonlarida shaffoflikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar haqida ham ma’lumot berilgan. Davlat Test Markazi (hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligi)ning faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham o‘rganilgan. Ayniqsa, kirish imtihonlarda “majburiy” fanlar bloki joriy etilishi, chet tillari va fanlardan sertifikatlash tizimlari, Rash metodi masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda xorijiy tajribani o‘rgangan holda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mohiyati ham tushuntirilgan. Xalqaro miqyosda mavjud qabul jarayonlari bilan bog‘liq mavjud tizimlar o‘rganilib, ularni O‘zbekistonda joriy qilish imkoniyatlari ham tahlil qilingan. Xorij tajribasida ayrim imtihon turlariga o‘xshash tizimlarni yaratish bo‘yicha ham tavsiyalar berilgan. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolar ham muhokama qilingan.</p>
kirish imtihonlariqabul jarayonlariDavlat Test MarkaziBilim va malakalarni baholash aegntligitestsertifikatRash metodientrance examsadmission processesState Test Centre
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.