«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 2 (2024)
MILLIY XARAKTER VA BADIIY PSIXOLOGIZM
Beknazarova, Nigina
Abstract
<p>Nazar Eshonqul ijodida milliylikning badiiy ifodasi hamda bu milliylikning psixologik tahlil imkoniyatlari bilan bogʻliq fikr-mulohazalari maqolada yoritiladi.Milliy qahramonlarning shoʻro zamonida muttasil taʼqib ostida yurganligi muhim adabiy formula, teran majoziy psixologik mahorat asnosida ifoda etilganligi, bunday dadil izlanuvchan, millatparvar yozuvchilar ijodining muhim oʻzagini belgilashi borasida tahlillar keltiriladi. Iste’dodli ijodkor - yozuvchi Nazar Eshonqulning ijod mahsullari markazidagi eʼtiborni tortadigan eng dolzarb masala — milliy xarakter va uning, asosan shoʻro davrida, yovuzlik hukmron muhitida umri fojiona ravishda kechgan bandalar taqdiridan iborat boʻladi. Shu boisdan, Nazar Eshonqul asarlari tadqiqiga bagʻishlangan ishlarda milliylik, milliy obraz taqdiri asosiy eʼtibor markazida turishi ham bejiz emas. Milliy qahramonlarning shoʻro zamonida muttasil taʼqib ostida yurganligi muhim adabiy formula, teran majoziy psixologik mahorat asnosida ifoda etilganligi, bunday dadil izlanuvchan, millatparvar yozuvchilar ijodining muhim oʻzagini belgilaydi. Yozuvchining fikrlari nafaqat mahalliy adabiyot, balki, umumjahon adabiyoti oldida turgan dolzarb masalalar atrofida ham fikr yuritishi bilan oʻz haqiqatlariga ega. Bu oʻrinda texnogen taraqqiyotining, hatto ommaviy madaniyat, gʻarbona muomala – munosabatning milliy ong va milliy xarakter rivojiga salbiy taʼsiri yoritiladi.</p>
Kalit so‘zlar: milliy xarakterpsixologik mahoratpsixologik tahlilmilliylik jozibasimodern metodimilliy qadriyattexnogen taraqqiyot.Key words: national characterpsychological skillpsychological analysis
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.