«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 1-нөмір (2024)
AMIR TEMURNING XITOY YURISHIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR
Usmonov, Bahriddin
Аңдатпа
<p><em>Ushbu maqolada Amir Temur tomonidan Xitoyga qarshi yurish qilish uchun olib borgan tayyorgarlik tadbirlari, ushbu yurishdan ko‘zlangan maqsadlar haqida so‘z yuritilgan. 1397–1398-yillarda Mo‘g‘uliston xonligi bilan nikoh ittifoqining tuzilishi, Mo‘g‘uliston bilan chegaralarda harbiy istehkomlarning bunyod etilishi, 1402-yili Xalil Sultonning Anqaradan Turkiston hududiga Xitoyga olib boradigan yo‘llarni himoya qilish topshirig‘i bilan yuborilishi, Farg‘ona vodiysiga Mirzo Iskandarning hokim etib tayinlanishi, 1403-yili Ashpara hokimi amir Ollohdodning Kichik Osiyoda turgan Amir Temurga yuborilgan Xitoygacha bo‘lgan yo‘llarning holati haqidagi hisoboti Amir Temur tomonidan Xitoy yurishini amalga oshirish yo‘lidagi tadbirlarining ketma ketligi xususida fikr yuritishga imkon berishi ta’kidlanadi. 1404-yili Amir Temur farmoni bilan Movarounnahrning sharqiy hududlari, Mo‘g‘uliston hamda Sharqiy Turkistonning Mirzo Ulug‘bek va Mirzo Ibrohimga suyurg‘ol qilib berish to‘g‘risidagi farmoni esa Xitoy yurishidan ko‘zlangan maqsadlarni aniqlashga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. </em></p>
Amir TemurMirzo Muhammad SultonMirzo IskandarXalil SultonMirzo Ulug‘bekMirzo IbrohimXitoyTurkistonAshparaFarg‘ona
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.