«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 29 № 5 (2023)
JORJ ELIOTNING “DANIEL DERONDA” ROMANINING OʻZIGA XOS JIHATLARI TAHLILI
Axmedova, Gavharoy
Аннотатсия
<p><em>Garchi Jorj Eliotning bir qator romanlarida millat taqdiri, ingliz xalqi turmush tarzi kuchli tanqid bilan yoritilgan boʻlsa-da, “Daniel Deronda” Eliotning Viktoriyan hayotidagi ingliz ritorikasini, diniy va madaniy xurofotni, qonunni va qonunlarni birlashtiruvchi milliy afsonalarni, tabaqalashtirish va sinflar oʻrtasidagi tafovutlarni oʻzida mujassam etgan eng tanqidiy romanidir. Shuningdek, Daniel Deronda, Jorj Eliotning eng didaktik romani hisoblanib, yozuvchi bir vaqtning oʻzida ingliz jamiyatini tanqid qilgani holda, kitobxonga oʻzlikni anglash, oʻz qadriyatlari, oʻziga boʻlgan ishonch-hurmat tuygʻulariga ega boʻlishni ham tasvirlaydi. </em></p> <p><em>Ushbu maqolada Jorj Eliotning soʻnggi romani hisoblangan Daniel Deronda romani haqida va asar qahramonlarining xarakter qirralarini oʻquvchilarga toʻliqroq ochib berish maqsad qilingan. Eliot personajlari orqali real hayotdagi odamlarning qabihliklari-yu, insoniylik xususiyatlarini qay usulda bunchalik muvaffaqqiyatlik tarzda oʻquvchiga yoritib bera olgani va vaqt oʻtgan sari turli tanqidchilar tomonidan qanday qabul qilinganligi koʻrib chiqiladi.</em></p>
xarakteristikatanqidromanDaniel Derondaingliz adabiyotimadaniy jihatlarinsoniylik.characterizationcriticismnovel
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.