«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 6 (2023)
TURKISTON IQTISODIY TARIXI PITER HOPKIRKNING “KATTA O‘YIN” ASARIDA
Abdurasulov, Xushnud
Abstract
<p><em>Ushbu tadqiqot XIX-asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi Turkistonning Rossiya imperiyasi tarkibidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatini Britaniyalik jurnalist, tarixchi va yozuvchi Piter Hopkirkning ikki marta - 1990 va 2006–yillarda nashr etilgan "Katta o‘yin: Baland tog‘li Osiyodagi maxfiy xizmatda" asari asosida yoritishga qaratilgan. </em></p> <p><em>Rossiya va Britaniya imperiyalari XIX-asr va XX-asr boshlarida eng yirik jahon kuchlari sifatida Osiyo qita'sining katta qismida, xususan, Markaziy Osiyoda harbiy-siyosiy va iqtisodiy raqobat olib bordi. </em><em>Tarixshunoslikda bu raqobat ko‘proq "Katta o‘yin" nomi bilan mashhur. Ma’lumki, bu geosiyosiy qarama-qarshilik natijasi Rossiya imperiyasi tomonidan Markaziy Osiyoning janubiy va markaziy qismlarini – uchta o‘zbek xonligini bosib olishi va 1867-yilda yangi bosib olingan hududlarda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi bilan izohlandi. Keyingi oʻn yilliklarda bu xonliklar oʻz davlatchiligini butunlay yoʻqotdilar, masalan, Qoʻqon xonligi 1876–yilda Turkiston general-gubernatorligi qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi natijasida yoʻq qilindi yoki Rossiya imperiyasining yarim mustaqil protektoratlariga aylantirildi. 1868–yilda Buxoro amirligi, 1873–yilda esa Xiva xonligi o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. </em></p> <p><em>Shunday qilib, Markaziy Osiyo yoki Rossiya va Britaniya imperiyalarining geosiyosiy manfaatlari o‘rtasidagi faraziy bufer bo‘lgan "hech kinga tegishli bo‘lmagan bahsli hudud" Rossiyaning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari orbitasiga tortildi.</em></p>
Turkiston general-gubernatorligiRossiyaBritaniyaKatta O‘yinQo‘qon xonligiOst-Indiya kompaniyasi.Turkestan General-GovernorshipRussiaBritainGreat Game
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.