«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 6-нөмір (2023)
BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI
Sultonova, Shoxista, Otaboyeva, Muslimaxon
Аңдатпа
<p><em>Ushbu maqolada ikki tilli bolalar nutqidagi agrammatizmlar, uning psixolingvistik asoslari va agrammatizmlarning xususiyatlari muhokama qilinadi. Agrammatizm – bu nutq faoliyatidagi grammatik me’yorlarning buzilishi. Ushbu ishda biz bu turdagi xatolarning sabablari rivojlanishdagi fiziologik yoki psixologik kasalliklar emas, balki bolalarning ikki tilli muhitda rivojlanayotgani va nutq interferensiyasi degan fikrga asoslanamiz. Maqolada rus tilining turkiy tillar, xususan o‘zbek tili bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada ontogenezning 3-bosqichi, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalar ustida kuzatishlar olib borilgan, ularning jonli nutqidan misollar keltirilgan. Ushbu bosqich bolalarning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanishi, so‘z boyligi o‘sishi va so‘zlarning leksik ma’nolari boyitilishi, jumlalarni tuzishda murakkab konstruksiyalar o‘zlashtirilishi va boshqalar bilan tavsiflanadi. Grammatik toifalar va qoidalar haqida tasavvurga ega bo‘lmagan bolalarda tilning turli darajalari: so‘z shakllanishi (so‘z yaratish), morfologiya, sintaksis va boshqalar – bilan bog‘liq nutq xatolar tez-tez uchraydi. Agrammatizmlar nutq interferensiyasi hamda o‘rganilayotgan tilda yangi, murakkab tushunchalar va konstruksiyalar bilan tanishish bilan bog‘liqdir. Natijada, ikki tilli bolalar nutqidagi agrammatizmlar nutq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tez-tez uchrab turishi va chet tilini o‘zlashtirishda muqarrar qadam ekanligi aniqlandi. </em></p>
psixolingvistikabilingvizmagrammatizmbilingv bolalarontogeneznutq faoliyatibilingval muhitnutq interferensiyasipsycholinguisticsbilingualism
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.