«FarDU ilmiy xabarlari» 29-tom 6-san (2023)
YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI
Zokirova, Gulnora, Yo‘ldashev, Shohruh
Annotaciya
<p><em>Farg‘ona viloyatining Yozyovon hududi gerpitofaunasini o‘rganish maqsadida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bioxilma-xillikka boy bo‘lgan O‘zbekiston sudralib yuruvchilarini uzoq vaqtdan buyon o‘rganilmaganligi, tur tarkibi, muhofazaga molik turlarning hozirgi statistik holati haqida ma’lumotlarning yetishmasligi ularni atroflicha o‘rganish zaruratini ko‘rsatdi. Kuzatuv tadqiqotlarimiz natijasida “Yozyovon tabiat yodgorligi”da tangachalilar (Squamata) turkumiga oid ilonlar kenja turkumi ( Serpentes) ning ayrim vakillari qayd etildi. Xususan, suvilonlar oilasi (Colubridae)ga oid 2 tur: Suvilon ( Natrix tesellata Laurenti,1768.) va o‘q ilon (</em><em>Psammophis lineolatum Brandt,1838.) namunalari ushlanib o‘rganilgan bo‘lsa, Bo‘g‘ma ilonlar oilasi (Boidae)ga mansub 2 tur: Sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus Lixtenshteyn,1823.) va Qum bo‘g‘ma ilonchasi ( Eryx miliaris Pallas,1773)</em> <em>qayd etildi, o‘rganildi va muhofazaga olingan turlar bo‘lganligi sababli yana ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Tangachalilar turkumining kaltakesaksimonlar (Lacertilia) kenja turkumiga oid 4 tur qayd etildi. Ular chiziqli kaltakesakcha (Eremias lineolata Nikolskii,1897), o‘rtacha kaltakesakcha (Eremias intermedia Strauch,1876 ), ildam kaltakesakcha (Eremias velox Pallas,1771) va tojik kaltakesakchasidir (Eremias regeli Bedriagai,1905).</em></p>
Yozyovon tabiat yodgorligiSerpentesColubridaeBoidaeNatrix tesellata L.Psammophis lineolatum BrandtEryx tataricus LichtEryx miliaris Pallassuvilono‘q ilon
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.