«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 6- (2023)
OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI KELASI ZAMON SHAKLLARINING POLIFUNKSIONALLIGI
Ganiyeva, Dildoraxon
Abstract
<p><em>Muayyan xorijiy tilni oʻrganish jarayonida bu tildagi feʼl zamonlari mavzusi eng keng yoritiladigan qismlardan biri sanaladi. Chunki biror fikrni toʻgʻri ifodalash davomida turli vaqtda sodir boʻlgan voqealarni koʻrsatib berish uchun feʼl zamonining mos shakli qoʻllanilishi katta ahamiyatga egadir. Bunda dunyo tillaridagi zamon grammatik kategoriyasi feʼl bilan ifodalangan harakat voqelangan vaqtni koʻrsatish uchun ishlatiladigan grammatik shakllar yigʻindisi sifatida talqin etiladi. Oʻzbek va ingliz tillarida feʼllarning hozirgi, oʻtgan va kelasi zamon shakllari mavjud deb hisoblansa-da, barcha tadqiqotchilar ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlamaydilar. Bunga, albatta, ushbu shakllarga xos sinkretiklik tabiati, bu xususiyatning nutqda polifunksional tarzda namoyon boʻlishi sabab boʻladi. Mazkur maqolada chogʻishtirilayotgan tillardagi feʼllar sohasini oʻrgangan turli tadqiqotchchilar fikr-mulohazalari koʻrib chiqiladi va ularga faol munosabat bildirilib, oʻzbek va ingliz tillaridagi kelasi zamon shakllarining mavjudligi dalillanadi. Bunda sinkretik xususiyatga ega boʻlgan zamon shakllarining polifunksional jihatlari ikki tildagi misollarni chogʻishtirish orqali izohlanadi. Tadqiqotlar va misollar tahlili asosida qiyoslanayotgan tillarda kelasi zamon shakllari oʻzining sinkretik tabiatini reallashtirishi va polifunksional xususiyatini namoyon qilishi haqida xulosa qilinadi.</em></p>
sinkretizmpolifunksionallikfeʼlzamon grammatik kategoriyasihozirgi zamon shaklikelasi zamonhozirgi-kelasi zamon.syncretismpolyfunctionalitythe verb
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.