«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 6--сан (2023)
STEVAN SVEYGNING “NOMAʼLUM AYOL MAKTUBI” HIKOYASIDA AYOL RUHIYATI TASVIRI
Nargisa, Sidikova
Аннотация
<p><em>Maqolada nemis ijodkori Stevan Sveyg hikoyasida yoritilgan ayol qismati haqida fikr yuritiladi. Inson taqdiri naqadar shafqatsiz ekanligi, baʼzida quvnoq, baʼzida xatarli, inson oʻz manfaatlaridan voz kechib, oʻzini qurbon qilishga qodir ekanligi, inson yuragi himoyasiz, mehrga tashnaligini, har qanday jasorat, qahramonlik, gohida jinoyat ham insonda kuchli his- tuygʻular toshqinini keltirib chiqarish mumkinligi, ayniqsa ayol kishining ichki kechinmalari, ruhiyati va uning jasorati, sabr-bardoshi, farzandi uchun jondan voz kecha olishi tasvirlangan. </em></p> <p><em>Badiiy adabiyotda inson qalb iztirobi, tuygʻulari soʻzlar asosida bayon etiladi. Shu soʻzni oʻz oʻrnida mahorat bilan qoʻllay olish ijodkor uslubiga bogʻliq. Stevan Sveyg “Notanish ayol maktubi” hikoyasida ijodkor meni, shu menni aks ettiruvchi ayollar obrazini, ayniqsa, yozuvchini sevib qolib, u uchun har narsaga tayyor boʻlgan ayol psixologiyasini epistolyar janr asosida mahorat bilan tasvirlaydi </em></p> <p><em>Maqolada notanish ayol farzandi oʻlimidan soʻng, metindek iroda va nomusdan voz kechib, farzandining otasiga oʻzi tanib ulgurmay bu dunyoni tark etgan oʻgʻlon aynan uning bolasi ekanligini maktub orqali aytishga muyassar boʻlishi yoritilgan. </em></p> <p><em>Ayol va erkak oʻrtasidagi sevgi, fidoyilik, sadoqat haqidagi ilohiy tuygʻulari va notanish ayolning bir umrlik javobsiz sevgisi, uning metindek sabr-qanoati, ayol kishining kuchli irodasi, uning sevimli yori va farzandiga boʻlgan cheksiz muxabbatini yaqqol his qila oladi. </em></p>
ayol psixologiyasiepistolyar janrhikoya janriinson ruhiyationa faryodiayol ruhiyatiqalb sadoqatiayol jasoratiijodkor loboratoriyasiyozuvchi psixologiyasi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.