«FarDU ilmiy xabarlari» Том 29 № 6- (2023)
TO‘G‘ONLI KO‘LLARDA RO‘Y BERISHI MUMKIN BO‘LGAN TOSHQIN XAVFINI BAHOLASHNING GENETIK ASOSLARI
Pirnazarov, Ravshan
Аннотация
<p><em>Tog‘li o‘lkalarning balandlik zonalarida tarqalgan ko‘llar toshqin xavfini keltirib chiqaruvchi asosiy manbaalardan biri sanaladi. Ayniqsa, ularning qulama, muzlik, morena, ko‘chki-qulama hamda qor-ko‘chki kabi turlari bu jihatdan alohida o‘rin tutadi. Ular umumlashgan nom bilan “to‘g‘onli ko‘llar” deb ataladi. </em></p> <p><em>To‘g‘onli ko‘llar, ba’zan, turli sabablar bilan to‘g‘onlarining buzilishi natijasida halokatli toshqinlarni keltirib chiqarib, aholi turar joylariga, ularning mol-mulkiga juda katta zarar yetkazadi. Shu maqsadda, ularni o‘rganish, turli sabablar bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan toshqin xavfini oldini olish, ularni prognoz qilish va xavflilik darajasini baholash bugungi kunda ko‘lshunoslar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Mazkur tadqiqotdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad to‘g‘onli ko‘llarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan toshqin xavfini ularning genetik tasniflari asosida baholashdan iborat. Tadqiqotda gidrometeorologik tahlil, geografik o‘xshashlik usullaridan foydalanilgan.</em></p>
to‘g‘onqulama to‘g‘onto‘g‘onli ko‘llarqulama ko‘llartektonik ko‘llarmuzlik ko‘llarimorena ko‘llariglyatsiogen ko‘llarmorena-to‘g‘ontoshqin.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.