«FarDU ilmiy xabarlari» 29-jild 4-son (2023)
TANGACHAQANOTLI HASHAROTLAR (INSECTA: LEPIDOPTERA)AREALINING KENGAYIB BORISHIDA MUHIT OMILLARINING AHAMIYATI
Shermatov, Malikjon
Annotatsiya
<p><em>Maqolada tangachaqanotli hasharotlarning tarqalishida antropogen, shamol, ozuqa o‘simligi hamda harorat omillarining o‘rni tahlil etilgan. Tut parvonasining Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tarqalishida inson faoliyati hamda shamol alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 1997-2001 yillar davomida tut parvonasinining yillik o‘rtacha tarqalish tezligi Farg‘ona vodiysining sharqiy hududlariga tomon 25,4 km ni tashkil etgan bo‘lsa, shimolga tomon bu ko‘rsatkich 14,6 km, janubiy sarhadlarga tomon esa 7,8 km ga teng bo‘lgan. Sharq mevaxo‘rining kapalaklari tuxum qo‘yish davrida mevali bog‘ hududi bo‘ylab 200-300 metrgacha masofaga uchib borishi mumkin. Shuningdek, shamol esgan vaqtda uning yo‘nalishi bo‘ylab bir kechada 2-5 km ga qadar tarqaladi.</em></p>
LepidopteraGlyphodes pyloalisGrapholitha molestaMarkaziy OsiyoFarg‘ona vodiysimuhit omillaritarqalish areali.LepidopteraGlyphodes pyloalisGrapholitha molesta
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.