«FarDU ilmiy xabarlari» Том 29 № 4 (2023)
TO‘G‘ONLI KO‘LLAR VA ULARNING GENEZISI HAQIDA
Pirnazarov, Ravshan
Аннотация
<p><em>Ma’lumki, to‘g‘on ko‘llarni o‘rganish, ular barqarorligini ta’minlash va xavfini kamaytirish maqsadida maxsus monitoringni tashkil etish, ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, turli sabablar ta’sirida to‘g‘onning buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan sel toshqinlarining oldini olishga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy zararini kamaytirishga imkon beradi. Bunda dastlab to‘g‘onli ko‘llarning kelib chiqish qonuniyatlarini, ya’ni genezisini o‘rganish muhim masalalardan biridir. Shu maqsadda, mazkur maqolada to‘g‘onli ko‘llarning paydo bo‘lish sharoiti hamda genezisi masalalari ustuvor tarzda o‘rganilgan. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda maqolada gidrometeorologik tahlil, gidrologik va gidrogeologik hisoblashlar, geografik o‘xshashlik usullaridan foydalanildi. </em></p> <p><em>Ko‘p hollarda o‘rta va baland tog‘ mintaqalarida kechadigan tabiiy geografik jarayonlar natijasida daryo vodiylari turli hajmdagi surilma, ko‘chki, ko‘chki-qulama jinslari bilan to‘silib, tabiiy to‘g‘onlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu to‘g‘onlar paydo bo‘lish sharoitiga ko‘ra qulama-tektonik, muzlik, morena, ko‘chki-qulash hamda qor ko‘chki ko‘llarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi va bunday ko‘llarni umumlashma nom bilan “to‘g‘onli ko‘llar” deb ataymiz. </em></p> <p><em>To‘g‘onli ko‘llarning kelib chiqishi ularning shakl va o‘lchamlari hamda suv hajmiga ko‘ra bir-biridan keskin farqlanishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, to‘g‘onli ko‘llarni tadqiq etishda ularning genetik xususiyatlarini e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi.</em></p>
tog‘ ko‘llarito‘g‘onli ko‘llarko‘l kosasiko‘llarning morfologiyasiko‘llarning morfometriyasiko‘llarning genetik tasnifitektonik ko‘llargravitatsion ko‘llarglyatsiogen ko‘llarmorena ko‘llari.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.