«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 29 № 3 (2023)
OKSYUMORONNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Saminov, Abdumalik
Аннотатсия
<p><em>Oksyumoron hodisasining </em><em>semantik xususiyatlarini ochish, tasniflash</em> <em>o‘ziga xos jihatlarini yoritish</em><em>. Oksyumoron hodisasining nazariy muammolarini aniqlashda va uning o‘ziga xos belgilarini ko‘rsatib berishda tavsifiy, sinxron-tasviriy, oppozitiv, qiyosiy, komponent tahlil usullaridan foydalanilgan. Oksyumoron bo‘yicha ilmiy qarashlar chuqur tahlil qilindi, g‘ayriodatiy birikmalarning semantik xususiyatlari tavsiflandi; oksyumoron hodisasini shakllantiruvchi funksional-semantik ifoda vositalari izohlandi; oksyumoron komponentlari o‘rtasidagi semantik munosabat turlari aniqlandi;</em></p> <p><em>Bugungi globallashuv va integratsiya jarayonida milliy tilimizning ichki imkoniyatlarini yanada chuqur tadqiq etish katta ahamiyatga ega, madaniyatimizning uzviy bir qismi hisoblangan badiiy nutqda qo‘llanuvchi tasviriy vositalar, jumladan, oksyumoron usuli yordamida shakllangan sintaktik qurilmalarning nutqda qo‘llanilishi jihati bilan ajralib turadi; so‘zlovchining an’anaviy ifoda vositalaridan zerikishi yoki yangicha shakl orqali o‘ziga xos mazmun bayon qilishga intilishi va nutqqa retsipiyent e’tiborni tortishga urinishi kabilar oksyumoronni yuzaga keltiruvchi asosiy omildir; oksyumoronlar semantik xususiyatiga ko‘ra tasniflandi: inson his-tuyg’ulari, xususiyati, faoliyati, xulq-atvori, jismoniy ko‘rinishlari, yoshga xos xususiyatlari, tabiat hodisalari, hid-ta’m, rang bilan bog‘liq kabi semantik munosabatlarni yuzaga chiqarishi o‘rganildi.</em></p>
oksyumoronsemantikalingvopoetikastilistik maqsadkontrastbadiiy matntasnifsemantik munosabat.oxymoronsemantics
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.