«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 3-нөмір (2023)
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BADIIY ASARLARNI IFODALI O‘QISHGA O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI
Baydjanov, Bekzod, Xolmatova, Shahnoza
Аңдатпа
<p><em>Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobga,kitobxonlikka mehr uyg‘otish,bolalar qalbini kitob bilan oshno qilish dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi.Badiiy asarlarni o‘qib o‘rganish orqali bolalar yaxshi-yomonni,oq-u qorani,past-balandni ajratishni o‘rganadi.Ezgulikka muhabbati oshib,yovuzlikdan nafratlanadi.Shu o‘rinda,badiiy asarlarning ham o‘ziga xos tur va yo‘nalishlari mavjud bo‘lib,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib,ularga mos va xos asarlarni tanlash va ularni to‘g‘ri,aniq,ravon o‘qishga o‘rgatish ham pedagogdan yuksak pedagogik mahoratni talab etadi.</em><em> Kitob mutolaasi, birinchi navbatda, o‘quvchilar tasavvurini shakllantiradi. Bizning har bir harakatimiz, o‘ylagan o‘yimiz ma’lum bir tasavvurga asoslanadi. Biror narsa, voqea, predmet voqealanishi uchun ham avvalo, bizning tasavvurimiz g‘alviridan o‘tishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, bizning tasavvurimiz aralashmagan voqelik mavhumlikdir. Hayotning eng muhim jihati shundaki, o‘quvchi nimani tasavvur qilsa, o‘shangagina erishadi. Inson tasavvuri reallikni yaratadi. Tarixda yuksak kashfiyotlar qilgan daholar o‘z tasavvur doiralaridan ortig‘iga ega buyuk insonlar bo‘lishgan.Kitob mutolaasi jarayonida o‘quvchining tasavvuri ishlaydi. U uzoq o‘tmishni, kelajakni tasavvur qiladi. Zamondoshlari hayotini tasavvurida gavdalantiradi. Bu jarayon teleekrandagi jonsiz surat shaklida emas, o‘quvchining ongida, tasavvur olamida sodir bo‘ladi. Va o‘z-o‘zidan o‘quvchining ongida ham o‘zgartishlar yasashga qodir bo‘ladi.Shu sababli ushbu maqolada aynan bolalarni badiiy asarlarni sevib o‘qishga va ongli ravishda ifodali o‘qishga o‘rgatish xususida so‘z boradi.</em></p>
mutolaa madaniyatikitobkitobxonlikifodali va ongli o‘qishmasalshe’rmaqolareading culturebookreading
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.