«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 3 (2023)
ERNAZAR MAQSUD O‘G‘LI ELCHILIGIGA OID TADQIQOTLAR TAHLILI
Rahmonqulova, Zumrad, Hamrayev, Sunnatillo
Abstract
<p><em>Ushbu maqolada Buxorodan Rossiyaga yuborilgan Ernazar Maqsud o‘g‘li elchiliginig sabablari, maqsadi, vazifalari hamda natijalarining turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda yoritilishi tahlil etilgan. Tadqiqotda Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligining o‘zaro diplomatik munosabatlarni o‘rnatish va mustahkamlashda mazkur elchilikning ahamiyati hamda ikki davlatning o‘zaro munosabatlardan ko‘zlagan manfaatlari aks etgan. Maqolada elchilikning amalga oshrilgan bosqichlari, tarkibi va qisqacha tarixi mavjud tadqiqotlar asosida bayon etiladi. Elchilikning tarixshunosligi Rossiya imperiyasi, sovet davri va mustaqllik davri adabiyotlarini qamrab olgan holda amalga oshirilgan. Tarixshunoslik tahlili elchilikning tashkil etilishi sababi, undan ko‘zlangan maqsad hamda elchilik natijalarining yoritilishiga e’tiborni qaratadi. Shuningdek, elchilikning ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar rivojidagi ahamiyati turli davrda yaratilgan tadqiqotlarda yoritilishi nuqtai nazarlari tahlil qilingan. Tadqiqotlarda elchilikdan ikkala davlatning manfaatlari o‘rganilishining qiyosiy tahlili olib borilgan. Bundan tashqari, mazkur diplomatik aloqalardan istiqbolda ko‘zlangan maqsadlar xususidagi tadqiqotchilarning mulohazalari o‘rganildi. Ushbu elchilikka oid tarixiy jarayonlarga turli davrlarda chop qilingan tadqiqotlardagi yondoshuvlar tahlili va ularning ilmiy tanqidi amalga oshirilgan.</em></p>
Ernazar elchiBuxoro amirligiRossiya imperiyasidiplomatik munosabatlarYekaterina IIsavdo aloqalarisavdo bojiErnazar elchi madrasasiYE. Pugachevstrategik maqsadlar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.