«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 29 № 3 (2023)
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDAGI O‘ZGARISHLAR: XALQARO TASHKILOTLAR ORQALI OBRO‘ VA HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASHDA FAOL ISHTIROK ETISH
Museyibzada, Jovhar
Аннотатсия
<p><em>Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekistonning tashqi siyosati innovatsion va liberal islohotlar bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada mamlakat ko‘p vektorli diplomatik aloqalar orqali global miqyosdagi tarkiflari bilan "tashabbuskor" rolini qay tarzda o‘z zimmasiga olayotganligi tahlil etilgan. O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshib borayotganligi mamkakat tashabbus bilan tashkil etilayotgan anjumanlarda xalqaro ahamiyatga molik rezolyutsiyalar qabul qilinayotganligi ta’kidlangan. Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonida muhim rol oʻynab, global qurollarni tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi faol ishtiroki bilan o‘z tashqi siyosatining tinchlikparvarlik tamoyillariga sodiq qolayotganligi ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurashish va global xavfsizlikni ta’minlashda bag‘rikenglik, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlayotganligi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratayotganligi va Orol dengizining qurishi kabi ekologik muammolarni hal qilishda ilg‘or qadamlar qo‘yayotganligi ochib berilgan. O‘zbekiston turli xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va ulardagi faol ishtiroki, sammitlarga mezbonlik qilishi bilan xalqaro siyosatning muhim subyekti sifatidagi o‘z mavqei va nufuzini mustahkamlab borayotganligi asoslangan.</em></p>
Tashqi siyosatko‘p tomonlama diplomatiyakonferensiya diplomatiyasihamkorlikxalqaro tashkilotlarxalqaro munosabatlarmintaqalararo muloqot.Foreign policymultilateral diplomacyconference diplomacy
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.