«FarDU ilmiy xabarlari» 29-jild 3-son (2023)
BADIIY PUBLISISTIKANING MUHIM XUSUSIYATLARI
Xolmatova, Nigora
Annotatsiya
<p><em>Adibning</em><em> adabiy-estetik qarashlarini aniqlashtirish, adibning olam va odamga shaxsiy pozisiyasini ifoda etgan badiiy ijodi va publisistik janrlarini yonma-yon qo‘yib o‘rganish, ikki xil ijod turida yozuvchining adabiy estetik qarashlarining zuhur topishini aniqlashdan iborat.</em> <em>Tadqiqot mavzusini yoritishda analitik, qiyosiy-tipologik, qiyosiy-tarixiy, psixologik, struktural, germenevtik tahlil usullaridan foydalanildi</em><em>. </em><em>Yozuvchining adabiy-estetik qarashlari va ijodkor psixologiyasi, yozuvchining estetik ideali masalalari zamonaviy adabiyotshunoslikning ilg‘or yondashuvlari asosida aniqlandi. Erkin A’zamning adabiy-estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi “Ertalabki xayollar” to‘plamiga kirgan maqola, fiqra, xotira, safarnomalari tahlili orqali ochib berilgan.</em> <em>Erkin A’zam adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida oilaviy muhit, adabiy muhit, badiiy-estetik tajriba va an’ana, ijtimoiy-siyosiy muhit kabi omillar ta’siri katta bo‘ldi. Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor kabi ustozlar va tengdoshlar ijodi ham katta ijobiy ta’sir o‘tkazdi.</em> <em>Erkin A’zam badiiy publisistikaning adabiy maqola, suhbat, xotira, safarnoma, fiqra, adabiy portret kabi janrlarida ijod qildi, adib o‘zining adabiyot, ijod, jamiyat va bashariyat haqidagi o‘ylari, kechinmalari va hissiy mulohazalarini adolat, halollik, to‘g‘rilik mezonlariga to‘la rioya qilgan holda kinoya, piching, kesatiqlar, hayotiy va adabiy misollar tahlili, umuminsoniy g‘oyalar talqini bilan to‘yintirdi. </em></p>
adabiy-estetik qarashlarpublisistikaadabiy muhittajribaidealxotirasafarnomaijodkor psixologiyasioilaviy muhitqiyosiy-tipologik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.