«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 3 (2023)
O‘ZBEK TILIDA ZIDLANUVCHI VOSITALAR POETIKASI
Ortiqova, Nargizaxon
Abstract
<p><em>Leksopoetika bugungi kunda lingvopoetik tadqiqotlarning bir qismi sifatida alohida tadqiqni talab etadigan sohalardan biridir. Lingvopoetika sohasida keying yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda badiiy asarlarda qo‘llanilgan leksik birliklarning badiiy – estetik vazifalari atroflicha tahlilga tortilgan. Ushbu maqola badiiy matndagi zidlanuvchi vositalar poetikasiga bag‘ishlangan. So‘z shakliy va ma’noviy turlarining lingvopoetik tadqiqida zid ma’noli, ma’nodosh va shakldosh so‘z va iboralarning poetik matnda badiiylik, obrazlilik va ohangdorlik kabi poetik vazifa bajarishini tahlilga tortish mumkin. </em><em>Zid ma’noli so‘zlar badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta’sirchanligini ta’minlaydigan vositalardan biridir. Tadqiqot obʼekti: </em><em>А</em><em>.Obidjonning she’riy as</em><em>а</em><em>rlari matni. Tadqiqot predmeti: Badiiy asar matnidagi leksik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari. Tadqiqot metodi: til satxlari birliklarining sistem-struktur tahlillari. Ushbu tadqiqotning ob'ekti bo‘lgan A.Obidjon she'riyatida misolida muallifning zidlanuvchi vositalardan foydalanish mahorati tadqiq qilindi.</em></p>
lingvopoetikaleksopoetikaleksikologiyazidlanuvchi vositalarantonymantitezaoksyumoronkontekstual antonymaffiksal antonym.linguopoetics
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.