«FarDU ilmiy xabarlari» 29-tom 3-san (2023)
OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI FEʼL SEMANTIK KATEGORIYALARI BOʻYICHA TUZILGAN GRADUONIMIK QATORLARLARNING OʻXSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Otaboyeva, Mazmuna
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida feʼllar graduonimiyasinini o‘rganish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlarning namunasi sifatida taqdim etilgan bo‘lib, unda chogʻishtirilayotgan tillardagi feʼllar semantik kategoroyalari bo‘yicha hosil qilingan graduonimik qatorlarning o‘xshash va farqli jihatlari keltirib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilidagi harakat fe</em><em>ʼ</em><em>llari, nutq feʼllari, holat feʼllari, tafakkur feʼllari, natijali faoliyat feʼllari semantik kategoriyalari hamda ingliz tilidagi harakat feʼllari, tafakkur feʼllari, sabab feʼllari, sodir bo‘lish holati feʼllari, aspect feʼllari kabi maʼnoviy guruhlarga ajratilgan holda feʼllar izohli lugʻatlardan tahlilga tortilib, ularning maʼnodoshlari va qarama-qarshi maʼnolilari ishtirokida darajalanish qatorlari hosil qilingan. Tuzilgan graduonimik qatorlar har ikki tillardagi ekvivalentlari o‘zaro chogʻishtirilgan. Chogʻishtirma tahlillar natijasida o‘zbek va ingliz tillarida o‘zaro maʼno jihatdan oʻxshash, farqli yoki umuman unikal bo‘lgan darajalanish qatorlari aniqlandi. Natijada o‘zbek va ingliz tillarida feʼllardan hosil qilingan darajalanish qatorlari chogʻishtirilganda ingliz tilidagi qatorlarda aʼzolar soni nisbatan ko‘proq ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda o‘zbek tilida gender xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar ishtirokida tuzilgan darajalanish qatori mavjudligini, bunday darajalanish qatori ingliz tilida yo‘q ekanligi aniqlandi.</em></p>
graduonimiyadarajalanish qatorlarisemantik kategoriyafeʼllarharakat feʼllarimunosabat feʼllarinutq feʼllariholat feʼllarimaʼnoviy guruhlar.graduonymy
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.