«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 2-нөмір (2023)
Cu2+ZSM-5 SEOLITIDA TOLUOL ADSORBSIYASINING DIFFERENSIAL ISSIQLIKLARI VA ENTROPIYASI
Baxronov, Xayot, Ergashev, Oybek, Esonkulova, Naziraxon, Raxmatkarieva, Firuza, Absalyamova, Ilmira, Namanganskiy, Injenerno-Texnologicheskiy, Informasionnix, Texnologii
Аңдатпа
<p><em>Ushbu maqolada CuZSM-5 zeolitida toluol adsorbsiyasining differentsial issiqliklari va entropiyasi natijalari keltirilgan. Adsorbsiyaning differentsial issiqligini o‘lchash uchun biz universal yuqori vakuumli adsorbsion qurilma va unga ulangan Tiana-Calve tipidagi DAK-1-1A differentsial modifikatsiyalangan mikrokalorimetrdan iborat tizimdan foydalandik, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri adsorbsion o‘zaro ta'sirning tabiati va kuchlarining ham miqdoran va ham sifatan tavsiflarini beradi. Adsorbsion-energiya xarakteristikalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi va butun to‘ldirish maydonida CuZSM-5 zeolitida toluol adsorbsiyasining molekulyar mexanizmi aniqlandi. CuZSM-5 zeolitida adsorbsiyalangan toluol Cu<sup>2+</sup> kationi bilan birinchi koordinatsion sferada joylashib, dimer komplekslarni hosil qiladi. Zaryad zichligi adsorbsiya mexanizmiga, energiyasiga va adsorbsiyalangan molekulalar soniga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi. CuZSM-5 seolitida toluol adsorbsiyasining oʻrtacha molyar entropiyasi seolitdagi toluol molekulalarining harakatchanligi suyuq fazadan past boʻlishini va qattiq fazaning harakatchanligiga yaqin ekanligini koʻrsatadi, bu esa toluol molekulalarining harakatchanligi kuchli tormozlanganligidan dalolat beradi.</em></p>
seolitsilikalitadsorbsiyaadsorbsion markazlarissiqlikentalpiyaerkin energiyaentropiyamikrokalorimetrtoluol.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.