«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 2 (2023)
FARG‘ONA VODIYSIDAGI SCUTELLARIA L. (LAMIACEAE) TURLARINING TIZMALAR BO‘YICHA TARQALISHI
Akbarova, Muxayyo
Abstract
<p><em>Maqola Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. (Lamiaceae) turkumi turlarining geografiyasiga bag‘ishlangan. Mazkur maqolada vodiy turkum turlarining O‘rta Osiyo o‘simliklar aniqlagichida berilgan tog‘ tizmalarda tarqalishi haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Turlarning geografik tahlili amalga oshirilgan, bunga ko‘ra, S.picta Juz., S.nepetoides Popov ex Juz. O‘zbekiston florasida, S.kamelinii Abdullaeva Qirg‘iziston florasida hamda S.ramosissima Popov Tojikiston florasida tarqalganligi ilk bor aniqlangan, ilmiy manbalarda bu turlar mazkur respublikalarda uchrashi keltirilmagan.</em></p> <p><em>Ma’lumotlar bevosita olib borilgan dala tadqiqotlari, gerbariy fondlarida saqlanayotgan namunalar hamda internetdagi axborot resurslardan olingan.</em></p> <p><em>Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ilk bor Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlari tarkibi aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda tadqiq etilib, turlariga aniqlik kiritilganligi, Farg‘ona vodiysi florasida Scutellaria L. turkumning 23 turi uchrashi aniqlangan, ulardan 15 tur vodiyning O‘zbekiston Respublikasi qismida, 8 tur esa Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari mintaqalarida uchrashi asoslangan, turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari yaratilgan.</em></p> <p><em>Farg‘ona vodiysida tarqalgan turkum turlarining tur tarkibini aniqlash, tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalarini yaratish, tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish, fitosenotik va ontogenetik strukturalarini o‘rganish va muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.</em></p>
Farg‘ona vodiysi florasiScutellaria turkumiTASH fonditog‘ tizmalarigeografik tahlilgerbariy namunalariarealmintaqalarfloristik topilmalar.Flora of the Ferghana Valley
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.