«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 2-нөмір (2023)
JAMIYAT MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Сагдуллаева, Дилбар
Аңдатпа
<p><em>Ushbu maqolada modernizatsiya tushunchasining mohiyati, unga nisbatan shakllangan yondashuvlarni oʻrganishni maqsad qildik. Unda jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarini modernizatsiyalash jarayonining muhim xususiyatlari ilmiy asoslanib, mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi sohalarida olib borilayotgan islohotlarining oʻziga xos jihatlari tahlil etildi.</em></p> <p><em>Modernizatsiyaning mohiyati va shakllarini oʻrganishda tizimli tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, deduksiya kabi metodlardan foydalanildi.</em></p> <p><em>Mavzuga oid adabiyotlar tahlili modernizatsiya yangi, zamonaviy, taraqqiy etgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topishini ifodalovchi keng qamrovli jarayon ekanligini, fanda paradigmal oʻzgarishlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanishini koʻrsatdi.</em></p> <p><em>Modernizatsiyalash gʻarblashtirish, anʼanaviylikdan zamonaviylikka oʻtishgina boʻlmay, balki, milliy oʻzlikning muhim jihatlarini saqlagan holda, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy taraqqiyotga erishish, xalq farovonligi, inson huquq-erkinliklari toʻla taʼminlangan jamiyatga oʻtish demakdir.</em></p>
anʼanaviylikzamonaviylikmodernizatsiyajamiyatiqtisodiy transformasiyasiyosathuquqmadaniyatdemokratlashtirishliberallashtirish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.