«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 29 № 2 (2023)
AVESTA YASHTLARIDA MITRANING SIFATLARI
Ra’no, Urazova
Аннотатсия
<p><em>Mazkur maqola zardushtiylik ilohiyot tizimining samoviy mavhum timsollardan biri Mitra va uning funksiyalariga bagʻishlangan. Mitraning sifatlari — qudratli hukmdor, goʻzal notiq, qomati tik, boʻydor, osmoniy bilimdon, jangovar qurollar egasi, savobordor va har ishga qodirligi badiiy tasvirlar bilan ochib berilgan. </em></p> <p><em>Maqolada Zardusht yagona parvardigor mavjudligini eʼlon qilib, odamlar hamma narsaga qodir ilohiy mavhum zotni tasavvur qilishlari qiyin boʻlgan davrda Ahura Mazda Mitraga imon va eʼtiqod qoʻriqchisi sifatida dindan qaytganlarni jazolash vazifasini yuklaganligi ilmiy tahlil qilingan. Mitra imonli mamlakatlarni ulkan zafarlarga yoʻllaydi. Ahdida turmas yurtlarni yuzini baxtdan teskari qiladi, erishgan zafarlarini toʻzdiradi. Mitra yuz ming tuman koʻzli zotdir. Mitraning ellik zarbda yuz yovni, yuz zarb bilan ming yovni, ming zarbida esa ming tuman yovni, ming tuman zarbda son-sanoqsiz yovni yoʻq qilishi kabi sifatlari, barcha yolgʻonlarning sababchisi devlar boshiga qiron solishi, bitim xoinlarining boshlarini yanchib, Haq yoʻlidagi yurtni ulugʻlikka chorlash kabi funksiyalari VII asr oxiri — VIII asr boshiga oid soʻgʻd yozma yodgorliklari misolida dalillangan.</em></p>
ZardushtiylikAvestaMitraXvarxishedbronzatemirso‘g‘dDevashtichAxrimanAeshma.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.