«FarDU ilmiy xabarlari» 29-jild 2-son (2023)
FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR
Barziyev, Oybek
Annotatsiya
<p><em>Maqolada milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti Andijon adabiy muhitining vakili Mavjiy va qozoq adibi Abay (Ibrohim Qo‘nanboyev) qalamiga mansub bo‘lgan o‘z o‘g‘illari taqdirini bayon qilish mavzusidagi she’rlar arman shoiri Avetiik Isakyan va marg‘ilonlik alloma-shoir – Abdussamad Oxun Qoil Marg‘iloniyning nasihat qilish ruhidagi lirik asarlari bilan qiyoslab o‘rganilgan.</em></p> <p><em>O‘zbek, arman, qozoq millatiga mansub mazkur shoirlar ijodida ilgari surilgan g‘oyaviy mushtarak jihatlar tahlil doirasiga tortilgan. Milliy uyg‘onish davrining uch shoiri she’riyatidagi uslubiy yaqinlik, obraz va so‘z qo‘llashdagi badiiy mahorat masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.</em></p> <p><em>Ma’lumki, qadimdan Sharq pedagogikasida farzand tarbiyasi, ayniqsa, o‘g‘il bolaning odob-axloqiga jiddiy e’tibor qaratib kelingan. Bu nozik masala asosan otalar zimmasiga yuklatilgan. O‘rganilishi maqsad qilib olingan shoirlar she’rlarida ko‘tarilgan muammo – o‘g‘il bolalar taqdiri va tarbiyasiga qaratilgan bo‘lib, unda otalik mehri bilan ularning qismatiga achinish, g‘amxo‘rlik qilish, farzandidan judo bo‘lish sabab va oqibatlariga alohida urg‘u berilgan. Shu bilan birga lirik qahramon – shoir-otalarning o‘z farzandlariga bo‘lgan munosabati sharqona diniy qarashlar: betob farzandining tuzalishi uchun duo qilish, ularning vafotidan keyin faryod qilib yig‘lash yoki nasihat ruhida yozilgan lirik asarlarda aks etgan bolani yoshligidan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtni qo‘riqlash, unga jon fido qilish, ota-onaning tirikligi vaqtida qadrlash, ular vafotidan keyin doim yodlab turish, haqlariga fotiha o‘qish kabi mavzular yoritilgan. </em></p>
g‘amxo‘rlikotalik mehrio‘g‘il taqdiriga murojaato‘g‘il taqdiriga achinishfaryod chekib yig‘lashfarzandlarga nasihatota-ona roziligini olishota-onaga muomala-munosabatbetob o‘g‘ilga sog‘lik tilashota dusosi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.