«FarDU ilmiy xabarlari» 29-tom 2-san (2023)
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI FE’L SEMANTIK KATEGORIYALARI BO‘YICHA TUZILGAN GRADUONIMIK QATORLARLARNING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Otaboyeva, Mazmuna
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida fe’llar graduonimiyasinini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarning namunasi sifatida taqdim etilgan bo‘lib unda chog‘ishtirilayotgan tillardagi fe’llar semantik kategoroyalari bo‘yicha hosil qilingan graduonimik qatorlarning o‘xshash va farqli jihatlari keltirib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilidagi harakat fe’llari, nutq fe’llari, holat fe’llari, tafakkur fe’llari, natijali faoliyat fe’llari semantik kategoriyalari hamda ingliz tilidagi harakat fe’llari, tafakkur fe’llari, sabab fe’llari, sodir bo‘lish holati fe’llari, aspect fe’llari kabi ma’noviy guruhlarga ajratilgan holda fe’llar izohli lug‘atlardan tahlilga tortilib, ularning ma’nodoshlari va qarama-qarshi ma’nolilari ishtirokida darajalanish qatorlari hosil qilingan. Tuzilgan graduonimik qatorlar har ikki tillardagi ekvivalentlari o‘zaro chog‘ishtirilgan. Chog‘ishtirma tahlillar natijasida o‘zbek va ingliz tillarida o‘zaro ma’no jihatdan o‘xshash, farqli yoki umuman unikal bo‘lgan darajalanish qatorlari aniqlandi. Natijada o‘zbek va ingliz tillarida fe’llardan hosil qilingan darajalanish qatorlari chog‘ishtirilganda ingliz tilidagi qatorlarda a’zolar soni nisbatan ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda o‘zbek tilida gender xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar ishtirokida tuzilgan darajalanish qatori mavjudligini, bunday darajalanish qatori ingliz tilida yo‘q ekanligi aniqlandi.</em></p>
graduonimiyadarajalanish qatorlarisemantik kategoriyafe’llarharakat fe’llarimunosabat fe’llarinutq fe’llariholat fe’llarima’noviy guruhlar.graduonymy
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.