«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 2-сан (2023)
TEMUR POʻLATOV IJODI HAQIDAGI BA’ZI MULOHAZALAR
Xashimova, Shoira
Аннотация
<p><em>Maqola isteʼdodli yozuvchi Temur Poʻlatov ijodiga bagʻishlangan. Kirish qismida qoʻyilgan muammoning zarurati va dolzarbligi ochib berilgan. Adabiyotlar boʻlimida esa rus va oʻzbek olimlaridan Olga Alimova, Elvira Abutalieva, Qozoqboy Yoʻldoshev Eleonara S</em><em>h</em><em>afranskaya, Aziza Baltabaeva kabi olimlar ishlari tahlil etilib, ular eʼtibor bergan jihatlarga munosabat bildiriladi. S</em><em>h</em><em>u tariqa ishning metodologiyasi belgilab olingan. Tahlil natijasidagi xulosalar toʻrtta bandda sanab koʻrsatilgan. Mavzu boʻyicha tahlillar qismida esa Temur Poʻlatovning Qoʻriqchilar minorasi nomli qissasi bosh qahramoni Vali bobo qisman tahlil etiladi. Soʻngra Gʻordagi qiz” nomli hikoya haqida soʻz yuritiladi. Bunda roviy nutqi orqali Kamilla, Ester, Akman obrazlariga berilgan badiiy tasvir, munosabatga eʼtibor qaratilgan. Y</em><em>o</em><em>zuvchining voqelikni badiiy idrok etishi, umuminsoniy qadriyatlar, S</em><em>h</em><em>arq va Gʻarb madaniyatini yaxlit tushunishi hamda anglashi haqidagi gʻoyalar ilgari surilgan. Maqola oxirida esa Temur Poʻlatov asarlarida umuminsoniy muammolarni, uzoq tarixiy taraqqiyot davomida shakllangan anʼanalar misolida zamonaviy kishilar muammosini yoritishga intilgani, bunda kichik obrazning voqealar rivoji davomida katta, yetakchi obraz sanalgan Vali bobo ruhiyatida taʼsirini ifodalashga oid oʻziga xos uslubi borligi hamda shu yoʻl bilan oʻzlikni anglash muammosini ochib bergani taʼkidlangan. Hikoya boʻyicha tahlil natijasi oʻlaroq oila, farzand munosabatlari orqali kishilar ruhiyatidagi maʼnaviy yolgʻizlik muammosiga diqqat qilingani koʻrsatilgan.</em></p>
hikoyaqissaobrazdialogroviyramzTemur Poʻlatovmifopoetikabadiiy-estetik gʻoya.and expressions: short story
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.