«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 1-нөмір (2023)
Prúnus armeníaca L.O‘SIMLIGINING MINERAL TARKIBINI INDUKTİV BOSLANGAN PLAZMALI MASSA SPEKTROMETRIYA USULI BILAN TADQIQ QILISH
Mirzabdullaeva, Dilbar, Nazarov, Otabek
Аңдатпа
<p><em>Farg‘ona viloyatida o‘sadigan Prunus armeníaca L. o‘simligi “Subxon</em><em>iy</em><em>” navining mineral tarkibini o‘rganishda induktiv bog‘langan plazma bilan mass-spektrometriya usuli qo‘llanildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida o‘simlikning uchta organida 26 ta makro va mikroelementlarning sifat va miqdoriy tarkibi aniqlandi. Barglardagi makroelementlarning umumiy miqdori 33825,17 mg/l, gulida 26311,769 mg/l, mevalarda 7570,635 mg/l. Makroelementlarning eng yuqori miqdori barglarida kaliyda 22243,325 mg/l hamda eng past makroelement miqdori meva qismida natriy uchun 27,972 mg/l ni tashkil qildi. O‘rik barglaridagi kaliy miqdori minerallarning umumiy massasiga nisbatan foizda 65,76%, gullarida 67,7% va mevalarida 91,7% ni tashkil qiladi. Oʻsimlikni turli organlarida quyidagi mikroelementlar aniqlandi: Si, Al, Fe, B, Mn, Co, Ni, Cr, Li, Be va V. Zaharli elementlardan faqat qoʻrgʻoshin barglari va gullarida 0,001 mg/l miqdorda aniqlandi. O‘rik mevalari zaharli elementlarni o‘z ichiga olmaydi.</em></p>
makro vа mikroelementlarinduktiv-bog’langan palzmali mass-spektrometriyaPrúnus armeníaca L.kaliyfosfornatriytemirzaharli element.macro- and microelementsinductively coupled plasma mass spectrometry
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.