«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 1-сан (2023)
NO‘XAT AGROTSENOZI ZARARLI ENTOMOFAUNASINING EKOLOGO-FAUNISTIK TAHLILI (Shimoliy Farg‘ona misolida)
АГРОЦЕНОЗОВ, ГОРОХА, AGROCOENOSIS, (on, Yusupova, Shoiraxon, Zokirov, Islomjon
Аннотация
<p><em>Shimoliy Farg‘ona sharoitida no‘xat ekiniga 7 turkum 21 oila 36 avlodga mansub 44 tur hasharotlar zarar keltirishi aniqlandi. Zararli entomofaunada Coleoptera (14 tur, entomofaunadagi turlarning 31,8% ni tashkil etadi), Orthoptera (10 tur – 22,7%), Lepidoptera (8 tur – 18,2 %) turkumlari vakillari umumiy miqdor jihatdan yetakchilik qilsa, Thysanoptera va Diptera turkumlari monotipik xarakterga egaligi bilan ajralib turdi (1 tadan tur – 2,3%). Shuningdek, Homoptera (6 tur – 13,6%) va Hemiptera (4 tur – 9,1%) turkumlari vakillari o‘rtacha ko‘rsatkichni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysi faunasida Heliothis peltigera (Denis & Schiffermüller, 1775) va Loxostege sticticalis (Linnaeus, 1761) turlari birinchi marta aniqlandi.</em></p> <p><em>Zararli entomofaunada hasharotlar uchrash darajasiga ko‘ra yoppasiga (5 tur – 11,3%) uchrovchi, odatdagi (22 tur – 50%), onda-sonda (9 tur – 20,4%), tasodifiy (8 tur – 18,1%) taqalgan. Hasharotlarning 34 turi polifag va 10 turi oligofaglar bo‘lib, oziqlanish ixtisosligiga ko‘ra ular rizofag, fillofag, golofag, karpofaglik xususiyatini namoyon etadi. Ayrim turlarning oziqlanish ixtisosligi kengdir. </em></p> <p><em>Zararkunandalar orasida Lygus pratensis L., Helicoverpa armigera Hbn, Agrotis segetum Den.et Schiff, Sitona cylindricollis Fahr., Callosobruchus maculatus Fabr., Liriomyza cicerina Rond. turlari miqdori va zarar kelitirishiga ko‘ra dominantlik qiladi.</em></p>
no‘xatagrotsenozzararkunandafitofagpolifagoligofagentomofaunadominant.peaagrocenosis
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.