«FarDU ilmiy xabarlari» 29-том 1-сан (2023)
O‘ZBEK ADABIYOTIDA LINGVISTIKA ASOSIDA KULGI UYG’OTISH MASALASI
Xaitov, Xamza
Аннотация
<p><em>Ushbu maqolada o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida lingvistik hodisalardan biri bo‘lgan paralingvistikaning kulgi uyg’otishdagi estetik ahamiyati ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Tadqiqotda xalq og’zaki ijodining lof, latifa, askiya kabi janrlarining badiiy asar taraqqiyotidagi analitik ta’sirlari o‘zbek nasri namunalaridan aniq misollarni tahlil qilish orqali asoslanadi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida xalq maydon kulgisining o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligi dunyo adabiyotshunoslari va o‘zbek adabiyoti bilimdonlarining nazariy fikrlari va ilmiy tahlillar orqali asoslangan. Ilmiy-nazariy tahlillar natijasida quyidagi xulosalarga kelinadi: Tadqiqotda og’zaki dramma, xalq maydon kulgusiga aloqador askiya, lof, latifa janrlarining yozma proza bilan munosabati, ularning zamonaviy o‘zbek adabiyotining turli janrlari genezisi va badiiy taraqqiyotida tutgan ma’naviy ahamiyati ko‘rsatuvlarda shu yo‘nalishdagi materiallardan foydalanish imkonini yaratdi. Tadqiqot tarkibidagi zamonaviy o‘zbek adabiyotida kulgi uyg’otish madaniyatining lingvistik ta’sirlari, lisoniy tushunchalar, nutq madaniyati masalasi yurtimizning ommaviy bayramlari va tadbirlarida, askiya aytishuvlarida muhim manba sifatida foydalanish imkonini berdi.</em></p>
Psixologiyaurf-odat“yondosh”axloqiylikni susaytirishquvnoqlikni oshirish tendensiyasifonatsiyaokulesikakinesika va hokazo.Psychologytradition
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.