«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 28 Issue 6 (2022)
O‘RTA ASR YEVROPA TARJIMA MARKAZLARI TARIXIGA OID ARAB TILIDAGI MANBALAR HAMDA ULARNING LOTIN TILLI MANBALAR BILAN QIYOSIY TAHLILI
Mahmudov, Otabek
Abstract
Maqolada XII–XIII asrlarga oid «as-Sila fi tarix a’immat al-Andalus», «Bugat al-multamis fi tarix rijol ahl al-Andalus», «Kitob al-Takmila li kitob al-sila», «Nuzhat al-mushtoq fi-ihtiroq al-afoq», «al-Maso‘il al-Siqilliyya» nomli arab tilidagi asarlar tahlilga tortilgan. Mazkur asarlar yevropalik manbashunoslar tomonidan tarixiy, bio-bibliografik va geografik manbalar sifatida tadqiq etilgan bo‘lsa-da, ularga hozirga qadar o‘rta asr Yevropa tarjima markazlari tarixiga oid ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan manbalar sifatida qaralmagan. Muallif tomonidan mazkur asarlarda keltirilgan XII–XIII asrlardagi tarjimachilik ishlariga oid ma’lumotlar aniqlanib, ular lotin tilli manbalardagi ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijilarishuki, arab va lotin manbalaridagi ma’lumotlar bir-birini o‘zaro tasdiqlaydi hamda ayrim hollarda yuqoridagi asarlar lotin tilidagi manbalarda mavjud mavhumlik va chalkashliklarga oydinlik kiritib, ularni to‘ldiradi.
O‘rta asrlarYevropaIspaniyaSitsiliyatarjima markazlaritarjima tarixiarab tilidagi manbalarIbn Bashkuvolal-DabbiyIbn Abbor
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.