«FarDU ilmiy xabarlari» 28-tom 1-san (2022)
XORIJDAN KELTIRILGAN QORAMOLLAR BUQACHALARI RATSIONIGA MINERAL QO’SHIMCHALAR KIRITILISHI SAMARADORLIGI
Raximov, Madaminjon, Muydinov, Xasanboy
Annotaciya
<p>Buqachalarni o’stirishda ularning ozuqa ratsioniga mineral qo’shimchalarni kiiritishsamaradorligini aniqlash tadqiqot maqsadi hisoblanadi.</p> <p>Tajribalar analoglar usulini qo’llagan holda 30 bosh buqachalarda olib borildi. Tajriba guruhidagi 15 bosh buqachalar ratsioni nazorat guruhidagi 15 bosh buqachalardan farqli ravishda detallashtirilgan ozuqa normasiga muvofiq ftorsizlantirilgan fosfat va tegishli mikroelementlar tuzlari kiritish yo’li bilan me’yorlashtirildi.</p> <p>O’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki, tajriba guruhidagi buqachalar ratsioniga 1 kg quruq modda hisobiga 59 gr mineral moddalari kiritilishi tufayli ularning organizmida ozuqa yaxshilanishi va ozuqa moddalardan foydalanish ko’rsatkichlari nazorat guruhidagi buqachalarga nisbatan ancha yuqori darajada bo’ldi. Quruq va organik moddalar hazmlanishi va organik moddalar, oqsillar hazmlanish nazorat guruhiga nisbatan 1,8-3,2 % yuqori bo’lib, kletchatkaning hazmlanishi esa 9,7 % yuqori bo’ldi.</p>
бычокрационподкормокминералвитаминпитательные веществапереваримостьпродуктивностьростэффективность.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.