«FarDU ilmiy xabarlari» Том 28 № 1 (2022)
YASSAVIY “PIRIM” DEB ULUG‘LAGAN ZOT
Qurbonova, Elnura
Аннотация
<p><em>Bir qancha toliblar va xalifalar rahnamosi, tarbiyachisi bo‘lgan piri Turkistonning o‘y-qarashlari, tasavvurlari uning izdoshlari tomonidan asrlar bo‘yi davom ettirilgan. Yassaviya tariqatining O‘rta Osiyo, Qrim, Onado‘li va uning atrofidagi o‘lkalarga keng yoyilishiga toliblik va muridlik tajribasi ham sabab bo‘lgan. </em><em>Turkiston piridan irshod ilmini egallash maqsadida turli o‘lkalardan ilmi toliblar kelgan. Yassaviylik tariqati hikmatlar shaklida darveshlar tomonidan yoyilgan. Piri Turkistonning irshodi ta'sirida bir qancha ilm-u tariqatda komil shayxlar va hikmatnavislar yetishib chiqqan. Ulug‘ pirningo‘y-qarashlari va tasavvurlari izdoshlari tomonidan asrlar bo‘yi davom ettirilgan. Bu buyuk zotlar hayoti davomida din ahkomlariga suyangan holda xalqni ilm-ma'rifatga chorlash, jamiyat ravnaqi va farovonligi uchun xizmat qilishgan. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchilari, xalifalari va izdoshlarini tadqiq qilish har doim dolzarb masaladir. Zero, turk piri izdoshlarining faoliyatlarini o‘rganish uning islom madaniyati va turkiy tasavvuf adabiyoti ravnaqidagi ta'siri qanchalar buyuk bo‘lganini ko‘rsatadi. </em></p>
Ahmad Yassaviy“Devoni hikmat”Hakim otaZangi otaSayid otaSadr otapirmurshidmuridirshod.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.