«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 28 № 2 (2022)
USMON AZIM SHE’RIYATIDA KUZ MOTIVI
E.Shevchenko, Lev, Tolstoyning, Nazarova, G., Xusenova, D., Maxsudova, X., Sultonova, Sh., Usmonov, O., Akbarova, Z., Sodiqova, G., Saydamatov, I., Amonturdieva, Sh., achilova, N.
Аннотатсия
<p><em>Mazkur maqolada Usmon Azim she’riyatidagi kuz motivi orqali </em><em>tabiat bilan ruhiyat uyg‘unligini aniqlash </em><em>ma</em><em>qsad qilingan. Maqolada qiyosiy-tipologik va biografik tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijada Usmon Azim she’riyatida peyzajning makon va zamon xususiyatiga ko‘ra mavsumiy peyzaj, darajasi va ko‘lamiga ko‘ra milliy peyzaj turi ko‘proq ko‘zga tashlanishi aniqlandi. “Kuz” shoirning umr sarhisobi, yetuklik pallasidagi hayotiy xulosalar va falsafiy kuzatuvlarining mushohadaviy poetik talqinidir. Usmon Azim asarlarining xronologiyasi bo‘yicha tahlil qilinganda, “kuz” obrazi dastlab baxtiyorlik kayfiyatidan ayriliq hissi ufurib turgan horg‘inlik, umidsizlik ramziga aylana borishi kuzatiladi. Qolgan fasllardan “qish” peyzaji ikki xil mazmunni ifoda qilganini ko‘rish mumkin. Fasllar Usmon Azim ijodining mundarijaviyligini boyituvchi jihat hisoblanadi. Shu jihatdan kelib chiqib, uning ijodini fasllarga bo‘lib o‘rganish kelgusida qilinadigan tadqiqotlar uchun yaxshi ob’ekt bo‘la oladi degan fikrdamiz. Usmon Azimning she’rlarida tabiat she’rdagi nafaqat estetik qadriyat, balki, oliy axloqiy kategoriya sifatida ham namoyon bo‘ladi.</em>Usmon Azim she’rlarida inson qalbidagi og‘riqlarni, azaliy anduhlarni tabiat manzaralariga chog‘ishtirib chuqur dramatizm bilan tasvirlaydi. <em> Milliy </em>peyzajlar shoir ruhiyati, o‘zi tug‘ilib o‘sgan makon va boshqa tabiat unsurlari bilan chambarchas bog‘liq degan xulosaga kelindi.</p>
мотивпейзажлирик қаҳрамонрамзметафораэстетик категориямиллийликахлоқий қадриятпоэтик маъно.image
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.